Toshkent aeroportida 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Ohangaronda yashovchi ayol o‘ziga tanish bo‘lgan, 2004 yilda tug‘ilgan ayolni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib Toshkent aeroporti orqali Istanbulga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX Ohangaron shahar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 20 yoshli qiz odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi.
Viloyat IIBB xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan ayol (H.T.) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan ayol (Z.O.)ni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi zarur bo‘lgan.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025