Samarqand va Toshkentda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi 

O‘zbekiston 08:12 / 26.03.2024 4576

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Bunyodkor” MFY hududida harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar I.M. va U.I. xorijda ishlab chiqarilgan 470 turdagi hech qanday hujjatsiz 19 214 dona dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
 
Shu kabi, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro B.N. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, tuman hududidagi savdo markazi avtoturargohida jami 35 quti “Avastin” nomli dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 158 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: