Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, kecha, 25 mart kuni Samarqand - Istanbul va Farg‘ona - Istanbul yo‘nalishlarida parvoz qilgan samolyotlar noqulay ob-havo shartlari sabab Anqaraning Esenboğa aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekiston havo yo‘llarining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan yo‘lovchilarni Istanbulga keltirish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilayotgani aytilgan.