Axborot texnologiyalariga qiziquvchi faol qizlar BAAga yuboriladi

O‘zbekiston 14:12 / 26.03.2024 3517

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Raqamli avlod qizlari-2024» respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir joriy yilning 29 martiga qadar davom etadi, unda oflayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.

Bu yilgi tadbirda:

  • Digital Art, 
  • 3D Modelling, 
  • sun’iy intellekt,
  • startap loyihalar,
  • grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida «Liderlar maktabi» yo‘nalishi qo‘shilgan bo‘lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma’lumot berilmoqda.

Respublika tanlovi mashg‘ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: