830 mln so‘mlik LED chiroqlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi 

O‘zbekiston 12:54 / 26.03.2024 4611

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda post xodimlari va Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi xodimi tomonidan “Yallama” chegara bojxona post orqali mas’uliyati cheklangan jamiyatining nomiga olib kelingan tovarlar yuklangan Volvo rusumli avtotransport vositasida bojxona ko‘rigi o‘tkazilgan.

Natijada, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 830 mln so‘mlik 200 120 dona LED chiroqlar va 1 332,5 kg LED chiroqlarning ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: