Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat 08:17 / 25.03.2024 11387

Joriy yilning 23 mart kuni soat 22:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Nexia-3, Lacetti hamda Nexia-2 rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, YTH natijasida Nexia-2 avtomashina yo‘lovchisi tan jarohati olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: