2024 yil 1 mart holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 88,1 mlrd so‘mlik 56 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan: soliq auditi bo‘yicha - 77,8 mlrd so‘mlik 39 ta; sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 10,3 mlrd so‘mlik 17 ta.
Natijada:
- 4,7 mlrd so‘mlik 6 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
- 58,5 mlrd so‘mlik 36 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
- 24,9 mlrd so‘mlik 14 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.