«Fiskal tahlillar» kanali xabariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-fevral oylarida «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 17 859 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 16 646 tasi xarid cheki bermaslik;
- 799 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 35 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 399 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.
Murojaatlarning 7 703 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Murojaatlar asosida 4 288 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,4 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga yanvar fevral oylarida 5 177 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 3,5 mlrd so‘m mukofot to‘langan.