Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi

O‘zbekiston 08:03 / 25.03.2024 4340

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar 2024 yil dekabrgacha davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor tizimida milliy halollik standarti —public integrity institutini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishi lozim.

Loyihada halollik bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa shartnomalar, xalqaro tashkilotlarning talablari va tavsiyalari asosida davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi.

Ishlab chiqilgan standart asosida halollik darajasini baholaydigan Milliy halollik indeksi ishlab chiqiladi va unda baholash tamoyillari, mezonlari, mexanizmlari, tartibi va natijasi bo‘yicha ko‘riladigan choralar nazarda tutiladi.

Ko‘proq yangiliklar: