BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

Jahon 20:11 / 25.03.2024 21702
BMT XKdagi delegatlar yig‘ilish boshlanishidan oldin Moskvadagi terakt qurbonlari xotirasiga sukut saqladi. / Foto: Andrew Kelly / Reuters

Rezolyutsiya matnida, shuningdek, barcha asirlarni darhol va shartlarsiz ozod qilish talab etilgan.

Kengashning 15 ta a’zosidan 14 tasi hujjatni yoqlab ovoz berdi, AQSh ovoz bermadi.

Rezolyutsiya loyihasi Xavfsizlik kengashi kun tartibiga kengashning doimiy bo‘lmagan 10 ta a’zosi tomonidan kiritildi. Ular quyidagilar – Jazoir, Ekvador, Gayana, Yaponiya, Malta, Mozambik, Koreya Respublikasi, Serra-Leone, Sloveniya va Shveytsariya.

“Bu rezolyutsiya amalga tatbiq etilishi shart. Aks holda, buni kechirib bo‘lmaydi”, – deya munosabat bildirdi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo bo‘lgasidagi HAMAS kuchlari Isroilga hujum qilgan, bunga javoban Isroil G‘azoga keng ko‘lamli bosqin boshlagan 7 oktyabrdan buyon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayotgan edi.

AQSh Xavfsizlik kengashining 22 mart kungi yig‘ilishiga ilk marta G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini kiritgan, lekin unga Rossiya va Xitoy veto qo‘ygandi. Isroilning bosh ittifoqchisi bo‘lmish AQShning bu harakati Vashingtonning Binyamin Netanyahu hukumatiga nisbatan davomli tanqidlaridan keyingi yangi bosqich bo‘lgandi.

Isroil matbuotiga ko‘ra, Netanyahu 25 mart kuni ovozga qo‘yilgan rezolyutsiya loyihasiga agar Vashington veto qo‘ymasa, Isroil hukumati vakillari, xususan strategik ishlar bo‘yicha vazir Ron Dermerning Oq uyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralarini bekor qilish bilan tahdid qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: