O‘zbekistonda qariyb 7,5 millionta yakka tartibdagi uy va kvartiralar bor. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uylar soni qarib 7,5 milliontani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 foizga oshgan.
Agentlik bir yil avval e’lon qilgan ma’lumotda 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uylar soni 7,3 millionta ekani aytilgandi.
Agentlik ma’lumotida respublika bo‘ylab noqonuniy qurilgan uy-joylar ham kiritilganmi yo‘qmi, ochiqlanmagan.