Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-fevral oylarida 519,4 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 14,3 foiziini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 foiz), kalava-ip (47,7 foiz) asosiy ulushni egallagan.
2024 yilning yanvar-fevral oylarida 496 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
- Kalava-ip – 247,8 mln;
- Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 194,4 mln;
- Trikotaj matolar – 42,8 mln;
- Gazlamalar – 26,8 mln;
- Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln dollarga eksport qilingan.