Qozog‘iston Moskva viloyatidagi teraktni keskin qoraladi

Jahon 01:02 / 23.03.2024 3795

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Moskva viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

«Qozog‘iston Moskvada tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi», deb davlat rahbari so‘zlarini keltirdi Oq o‘rda.

To‘qayev terrorizmni oqlab bo‘lmasligini aytdi va BMT a’zolari begunoh fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlikning bu turini bir ovozdan rad etishlarini e’lon qilishga chaqirdi.

Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari zarur hollarda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlariga yordam ko‘rsatishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, To‘qayev terakt qurbonlari ko‘pligi munosabati bilan prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.

Shu bilan birga, sodir bo‘lgan fojiali voqealar munosabati bilan Qozog‘iston fuqarolari uchun ishonch telefoni raqami ochildi.

Ko‘proq yangiliklar: