Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi teraktni qoraladi va jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi

Jahon 01:19 / 23.03.2024 7545

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoraladi.

Davlat rahbari fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya maktubini yo‘lladi.

Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Avvalroq, Moskva viloyati, Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida otishma yuz bergani, noma’lum shaxslar avtomat miltiqdan odamlarga qarata o‘q uzgani, o‘nlab qurbonlar borligi haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: