O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvada sodir etilgan teraktni keskin qoraladi

Jahon 01:12 / 23.03.2024 3851

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoraladi.

«Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan bunday zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz. Halok bo‘lganlarning barcha oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni bildiramiz», deyiladi TIV bayonotida.

Avvalroq, Moskva viloyati, Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida otishma yuz bergani, noma’lum shaxslar avtomat miltiqdan odamlarga qarata o‘q uzgani, o‘nlab qurbonlar borligi haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: