Toshkentda Captiva va Lacetti to‘qnashishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi

O‘zbekiston 07:13 / 22.03.2024 10219

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida Captiva va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Joriy yilning 21 mart kuni soat 22:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasida Captiva va Lacetti rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, YTH natijasida Lacetti rusumli avtomashinaning haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, ular hozirda shifokorlar nazoratida.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: