Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ikkita qamoqxona yopilyapti: mahbuslar jang qilishga ketgan
Ombudsman Mark Denisovning so‘zlariga ko‘ra, Areyskiydagi IK-7 va Gromadskdagi IK-16 yopiladi. Denisov «pulni tejash uchun» qamoqxonalarni yopishni nomaqbul deb hisoblaydi.

Foto: RIA Novosti
Krasnoyarsk o‘lkasida ikkita qamoqxona «optimallashtirish va tejash maqsadida» yopiladi. Bu haqda mintaqadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Mark Denisovning 21 mart, payshanba kuni viloyat qonunchilik assambleyasi sessiyasida taqdim etilgan ma’ruzasida aytilgan.
«Bir tashvishli tendensiyani qayd etaman: MHO (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi) sharoitida mahbuslar sonining bir martalik katta qisqarishi kimnidir yuqoriga penitensiar muassasalarni yopish zarurligi haqida xabar berishga undadi. Bu yil bizning mintaqamizda bir qator muassasalar yopiladi. Eng mashhurlari Areyskiy va Gromadskdagi muassasalardir», - deya Denisovdan iqtibos keltiradi «Kommersant» gazetasi.
Rossiya Federatsiyasi qamoqxonalari ma’lumotnomasiga ko‘ra, Uyar tumanidagi Gromadsk qishlog‘ida IK-16 umumiy rejimli erkaklar axloq tuzatish koloniyasi va Yemelyanovskiy tumani Areyskiy qishlog‘ida IK-7 erkaklar uchun qattiq tartibli koloniya mavjud. Mark Denisovning so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonalarni yopish maqsadga muvofiq emas, chunki «hamma narsa normal holatga qaytadi, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi o‘zgarmagan».
2024 yil yanvar oyida Jinoyat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (QQJ) hisobot e’lon qildi, unda Ukrainadan qaytgan ba’zi afv etilgan o‘ta xavfli jinoyatchilar yana og‘ir zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etayotgani, bu esa jamiyatda keskinlik kuchayishiga olib kelishi aytilgan. Rossiya prezidentining maxfiy farmonlari bilan Ukrainaga qarshi urushda qatnashganidan keyin sudlanganlarning afv etilishi ham qurbonlar, ham boshqa fuqarolar huquqlarini poymol qiladi, deya ta’kidladi hisobot mualliflari.
Ukrainada jang qilgan mahbuslarni afv etish
2023 yil noyabr oyida «Agenstvo» internet nashri surishtiruvni e’lon qildi, unga ko‘ra, o‘sha vaqtga qadar Rossiya rahbariyati shov-shuvli qotilliklarni sodir etgan va Ukrainaga qarshi jangga borishga rozi bo‘lgan kamida 17 kishini afv etgan.
Ayni paytda, «Verstka» nashri hisob-kitobiga ko‘ra, 2023 yilda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida Ukrainadagi janglarda qatnashgani uchun afv etilgan sobiq mahbuslarga nisbatan 200 ga yaqin jinoiy ish ochilgan. Ishlarning aksariyati o‘g‘irlik va talonchilik moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
19 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi qonun loyihalarini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjatlarda Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga, shuningdek, harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritilmoqda. Yengillik uncha katta bo‘lmagan yoki o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat sodir etgan va tergov yoki sudda bo‘lganlarga, shuningdek, sudlanganlarga nisbatan qo‘llanadi.
Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzilsa, gumon qilinuvchi shaxslarning jinoyat ishi to‘xtatiladi, real muddatga hukm qilinganlar jazosi esa shartliga almashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

22:53 / 24.07.2025
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi

15:06 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

13:40 / 24.07.2025
Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvining to‘qqizinchi bosqichini o‘tkazdi

11:26 / 24.07.2025