Hujjat bilan mamlakatda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatda mahallaning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p asrlik an’analarimizni asrab-avaylash, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh fuqarolar mukofotlandi.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Ismatova Adibaxon Qosimovna - Izboskan tumanidagi «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati.
«Do‘stlik» ordeni bilan
Begmatov Uchqun Ravshanovich - Paxtachi tumanidagi «Qarnabota» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati;
Jaketov Amangeldi - Mo‘ynoq tumanidagi «Uchsoy» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Jo‘raboyev Raximjon - Chortoq tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Namangan viloyati;
Ilhomov Muxtar Atxamovich - Uchtepa tumanidagi «Uchtepa» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri;
Isayev Oljas Kidirbayevich - Konimex tumanidagi «Uchtepa» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Navoiy viloyati;
Mengnorova Gulbaxor Temirovna - Angor tumani obodonlashtirish boshqarmasi uchastka ustasi, Surxondaryo viloyati;
Namozov Oybek Ismoilovich - Peshku tumanidagi «Asr kimyo invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati;
Rahmonqulov Djumaboy Tursunqulovich - Boyovut tumanidagi «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati;
Sultonov Anvar - Bo‘ka tumanidagi «Xo‘jaqo‘rg‘on» mahalla fuqarolar yig‘ini raisining keksalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Toshkent viloyati;
Shakirova Aynura Yukosovna - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Farg‘ona viloyati.
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Bazarova Norjon Bakayevna - Buxoro viloyati «Buvijonlar maktabi» rahbarining o‘rinbosari;
Qurbonova Marxabo Ismailovna - Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Qo‘g‘ay O‘lmas» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati;
Mirzayeva Gullola Abdusalomovna - Shahrisabz shahridagi «Uymovut» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi, Qashqadaryo viloyati;
Mirzayeva Muhabbat Doropovna - Yunusobod tumanidagi «Minor» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent shahri.
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Norbekov Nuridin Maxmudovich - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Jizmon» oilaviy shifokorlik punktining tibbiy brigada feldsheri, Samarqand viloyati.
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Abraxmatov Husan Qulmatovich - Dehqonobod tumani ichki ishlar bo‘limi «Beshbuloq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi profilaktika katta inspektori, Qashqadaryo viloyati.
«Jasorat» medali bilan
Abdullayev Javlonbek Abduqayum o‘g‘li - Kosonsoy tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassisi, Namangan viloyati;
Ismoilova Mahbuba Botirovna - Mirzaobod tumanidagi «Dilbar ona» xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Sirdaryo viloyati;
Usmonova Nodiraxon To‘lanboyevna - «Hunarmand» uyushmasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi a’zosi, kashtachi.
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Israilova Tabasumxon Kamilovna - Andijon shahridagi «Barkamol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati;
Seytjanova Baxargul Abatbayevna - Taxtako‘pir tumanidagi «Maqpalko‘l» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Tagayeva Laylo Navruzovna - Zafarobod tumanidagi «Cho‘liguliston» qishloq fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati.
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Mirzayev Sarvarbek Anvar o‘g‘li - Chinoz tumanidagi «Birlik» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati.
«Shuhrat» medali bilan
Adilov Iftixor Karimovich - Paxtakor tumanidagi «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati;
Allaberganova Nafosat Ganjayevna - Tuproqqal’a tumanidagi «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati;
Jumaniyozov Nurbek Xudayorovich - Amudaryo tumanidagi «Brighton School» o‘quv markazi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Ilmurodova Nargiza Esanovna - Termiz tumanidagi «Jo‘yjangal» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati;
Isayeva Gavxar Eshmurzayevna - Nurobod tumanidagi «Arabota» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi, Samarqand viloyati;
Kambarov Muzaffar Odilovich - Baliqchi tumani soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish sho‘’basi davlat soliq bosh inspektori, Andijon viloyati;
Latipov Taxir Turdiyevich - Olmazor tumanidagi «Elparvar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisining keksalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Toshkent shahri;
Masharipov Maxmudjon Sapabayevich - Bog‘ot tumanidagi «Ko‘nabirlashuv» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati;
Raimdjanov Muzaffarjon Muxtardjanovich - Marg‘ilon shahridagi «O‘rda tagi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati;
Soliyeva Adolat Bahriddinovna - Nurota tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxona mudiri, Navoiy viloyati;
Turdiyev Akram Abdimuratovich - Oltinsoy tumanidagi «Mingchinor» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi, Surxondaryo viloyati;
Xudayberdiyev Xamza Tuychiyevich - Qarshi tumanidagi «Lagandi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati;
Erbutayev Erali Xolboyevich - Angren shahridagi «Ko‘k terak» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent viloyati;
Yusupov Bahronjon Adizovich - Jondor tumanidagi «Namgoni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati.