Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida 19 mart kuni ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston—Vetnam biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
Forum doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish choralari muhokama qilindi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Vetnam Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Xoshimin shahrida O‘zbekiston—Vetnam qo‘shma savdo uyini ochish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.