Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar M.J., M.K. va boshqalar tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 120 dona Pregabalin Capsules nomli dori vositasini fuqaro A.A.ga 4,8 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, M.K.ning avtotransport vositasidan tarkibida 0,15 gramm faol giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan marixuana hamda 750 ming so‘m qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.