«Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyida Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi 

Jahon 20:28 / 20.03.2024 4202

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi 2024 yil 3 aprelidan Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 

Parvozlar har kuni Vnukovo aeroportidan amalga oshiriladi. Bu aviakompaniya uchun yangi yo‘nalish hisoblanadi. Hozir «Pobeda» har kuni O‘zbekistonning Samarqand shahriga uchmoqda. 

O‘zbekistondan tashqari «Pobeda»ning xorijiy yo‘nalishlar tarmog‘i BAA, Belarus, Turkiya va Armanistonga reyslarni ham o‘z ichiga oladi. 

«Pobeda» - Moskvaning Vnukovo va Sheremetevo aeroportlarida joylashgan «Aeroflot» kompaniyasining loukosteri (arzon aviakompaniyasi) hisoblanadi. Tashuvchining parki faqat ekonom-klass kabinalariga ega Boing 737-800 samolyotlaridan iborat. 

Ko‘proq yangiliklar: