BMT: So‘nggi o‘n yil rekord darajada issiq bo‘ldi

Jahon 14:20 / 20.03.2024 3533

O‘tgan 10 yil iqlim kuzatuvlari boshlanganidan beri eng issiq o‘n yillik bo‘ldi. Bu haqda BMT Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT)ning 19 mart, seshanba kuni e’lon qilingan hisobotida aytiladi.

2023 yil mutlaq harorat rekordini o‘rnatdi - ammo 2024 yil bundan ham issiqroq bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar. O‘tgan yili Yer yuzasida o‘rtacha global havo harorati sanoatlashtirishdan oldingi davrga nisbatan 1,45 darajaga yuqori bo‘lgan. Shunday qilib, dunyo 1,5 daraja belgisiga har qachongidan ham yaqinroq - unda 2015 yildagi Parij kelishuviga binoan global isishni to‘xtatish rejalashtirilgan edi.

2023 yilda iqlim isishi muzliklar maydonining rekord darajada qisqarishiga olib keldi. Bu Yevropa va Shimoliy Amerikada yaqqol namoyon bo‘ladi – masalan, Shveytsariyadagi muzliklar maydoni so‘nggi ikki yil ichida 10 foizga kamaydi. Bundan tashqari, JMT mutaxassislari o‘tgan yili jahon okeanining 90 foizidan o‘tib, marjon riflari va boshqa dengiz ekotizimlariga xavf tug‘diruvchi bir qancha issiqlik to‘lqinlarini qayd etgan. 

BMT: hali ham iqlim falokatining oldini olish mumkin 

«Biz hech qachon Parij kelishuvi bilan belgilangan (global isish bo‘yicha) pastki chegaraga bunchalik yaqinlashmagan edik», dedi JMT rahbari Seleste Saulo. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hisoboti «butun dunyo uchun qizil ogohlantirish signali» bo‘lishi kerak. 

«Sayyora tubsizlik yoqasida», - deydi bosh kotib Antoniu Guterrish. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ko‘plab harorat rekordlari qazib olinadigan yonilg‘ining yonishi dunyoga «iqlim betartibligi» bilan tahdid solayotganini ko‘rsatdi. Biroq, global haroratning sanoatlashtirishdan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajadan oshib ketishining oldini olish hali ham mumkin, deydi Guterrish. «Biz buni qanday qilishni bilamiz», dedi u. 

Ko‘proq yangiliklar: