Ukraina almashuv paytida 100 nafar halok bo‘lgan askarning jasadini qaytardi

Jahon 15:05 / 16.03.2024 8507

Ukraina Rossiya bilan navbatdagi almashinuv chog‘ida halok bo‘lgan 100 nafar himoyachining jasadlarini qaytardi, deb xabar berdi Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab 15 mart, juma kuni. 

Xabarda aytilishicha, jasadlarni qaytarish shtabning SBU huzuridagi Birlashgan markaz, Ukraina Ichki ishlar vazirligi, Ukraina Qurolli Kuchlari, Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati va boshqa tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligi tufayli amalga oshirilgan. Alohida shtab Xalqaro qizil xoch qo‘mitasiga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi. 

«Himoyachilarimizning jasadlari shaxsi aniqlangach, munosib dafn qilish uchun oilalariga topshiriladi», — deyiladi muvofiqlashtirish shtab xabarida. 

Rossiya Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyevning RBK’ga aytishicha, Rossiya tomoni Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 69 nafar askarning jasadini olib ketgan. 

Avvalroq Ukraina va Rossiya o‘rtasida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlari 16 fevral kuni almashtirilgan edi. O‘shanda Kiyev 58 jasad qaytarilgani haqida xabar bergan, Rossiya tomoni esa, Saraliyevning so‘zlariga ko‘ra, 61 jasadni topshirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: