Argentinada Senat prezidentning mega-islohotlar paketini rad etdi

Jahon 10:33 / 16.03.2024 5418

Argentina Senati 42 ovozga 25 ta qarshi ovoz bilan prezident Xaver Miley hukumati tomonidan dekabr oyida favqulodda farmon orqali kiritilgan keng qamrovli islohotlar paketini rad etish uchun ovoz berdi, bu hukumatning tejamkorlik choralari orqali mamlakat iqtisodiyotini inqirozdan chiqarishga urinishiga katta zarba berdi. 14 mart oqshomida Senatda bo‘lib o‘tgan munozaralar chog‘ida paket muxoliflari hukumat harakatlari konstitutsiyaga zid ekanligini ta’kidladi. Konstitutsiya islohotlarni farmonlar bilan amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi, dedi ular.

Dastlab 600 dan ortiq moddani o‘z ichiga olgan Mileyning «megapaketi» Argentina parlamenti quyi palatasi tomonidan ma’qullansa, hali ham qabul qilish imkoniyati mavjud. Argentina qonunchiligiga ko‘ra, paket qonun kuchiga ega bo‘lishi uchun uni parlamentning kamida bitta palatasi tasdiqlashi kerak. Miley partiyasi ikkala palatada ham ozchilikka ega. 

«Benzinda ishlaydigan arraga ega iqtisodchi» 

2023 yil dekabr oyida Libertarlar partiyasi rahbari Xaver Miley Argentina iqtisodiyotini qayta tiklash uchun keng qamrovli islohotlarni e’lon qildi. U Argentina pesosini 50 foizga devalvatsiya qilish, mehnat qonunchiligini zaiflashtirish, energiya, suv va transport uchun subsidiyalarni qisqartirish va infratuzilma loyihalarini to‘xtatish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Davlat rahbari islohotlarning dolzarbligini ta’kidlab, amaldagi qoidalar iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi. Miley hukumatning fuqarolar hayotiga minimal aralashuvi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: