O‘zbekiston va Eron talaba qizlar uchun almashinuv dasturlari ishlab chiqadi

O‘zbekiston 08:39 / 15.03.2024 2567

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasida sherikchilikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi, shuningdek, ikki davlat hukumatlari va parlamentlari o‘rtasidagi faol o‘zaro aloqalar mamlakatlarimiz ayollari o‘rtasidagi hamkorlik uchun muhim platforma yaratayotgani alohida qayd etildi.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-ma’rifiy hayotdagi ishtirokini oshirish, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘shma loyihalar asosida birlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xususan, ilmiy muassasalar o‘rtasida oila va xotin-qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilish hamda O‘zbekiston va Eronning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: