Fevral oyida avtomobil bozorida faollik sezilarli pasaydi

Iqtisodiyot 12:13 / 15.03.2024 18545

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozori bo‘yicha fevral oyi tahlillarini ma’lum qildi.

Umumiy vaziyat

Fevral oyida O‘zbekistonda 115 mingdan ortiq barcha turdagi transport vositalarining savdosi qayd etildi. Bu – yanvarga nisbatan 20,4 foizga, o‘tgan yilning fevraliga nisbatan esa 6,3 foizga kam.

O‘tgan oyda 109,7 mingta yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga kam yengil avtomobil sotildi.

Birlamchi bozor

Yangi avtomobillar bozorida ham sotuvlar sezilarli kamayib, 26 mingdan sal ko‘proq avtomobilni tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan yengil avtomobillarning birlamchi avtomobil bozori 8,4 foizga o‘sdi.

Oy davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 23,5 mingta yengil avtomobil sotilgan, bu – o‘tgan yilning fevraliga nisbatan 7,7 foizga ko‘p.

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar

Yil davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori 15,6 foizga o‘sdi. Fevral oyi oxiriga kelib, xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 2,7 mingtani tashkil etdi.

Elektromobillar

Yil boshida boshlangan elektromobillarga qiziqish biroz pasayganiga qaramay, oxirgi 1 yilda yangi elektromobillar savdosi 3 barobar oshdi.

Ko‘proq yangiliklar: