Tadbirkorga qariyb 886 mln so‘mlik qarzdorlik undirib berildi

Iqtisodiyot 19:10 / 14.03.2024 14782

Biznes-ombudsmanga “Autsorser-Agro”(nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari tomonidan Qiziltepa tumanidagi maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlarining harakatlaridan norozi bo‘lib murojaat yo‘llangan.

Aniqlanishicha, tadbirkor shartnoma asosida 2023 yilning sentabr oyidan dekabr oyiga qadar 4 oy davomida autsorsing usulida ovqatlantirish xizmati ko‘rsatib kelgan

Biroq, ko‘rsatilgan xizmat uchun yuzaga kelgan 886,5 mln so‘m karzdorlikni to‘lash paysalga solinib, to‘lovni amalga oshirish o‘rniga tadbirkorga nisbatan turli xil tekshiruvlar amalga oshirish holatlari kuzatilgan.

O‘z o‘rnida bu xolat tadbirkorning faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazib, maxsulotlar yetishmovchiligi, ish xaqlari, soliq va boshqa bir qancha to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan.

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorning muammosi ijobiy xal qilinib, qarzdorlik to‘lab berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: