Polsha aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi 

O‘zbekiston 19:06 / 14.03.2024 2991

Aviakompaniyaning Boeing 737 MAX 8 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.  

«Bugun LOT Polish Airlines aviakompaniyasining yana bir yo‘nalishi ochildi. O‘zbekiston dunyodagi eng qiziqarli mamlakatlardan biri bo‘lib, Polsha va Yevropa yo‘lovchilariga juda ko‘p narsalarni taklif qila oladi. Ishonchim komil, havo kemamiz bortida Markaziy Osiyoning yuragiga qulay sharoitda yetib borish imkoniyati Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida turizm va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun turtki bo‘ladi. Biz bu yo‘nalishni O‘zbekiston fuqarolari manfaatlarini ham hisobga olgan holda ochdik. Qulay tranzit punkti bo‘lgan Varshavaning Chopin aeroportidan o‘zbekistonliklar dunyoning 80 ga yaqin shaharlariga yetib borishi mumkin», dedi aviakompaniya bosh direktori Mixal Fiyol. 

Toshkent – Varshava – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

LOT Polish Airlines — 1929 yilda tashkil etilgan Polsha aviakompaniyasi, shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan. Aviakompaniya parkiga 80 ga yaqin samolyotlar kiradi va uning tarmog‘i 100 dan ortiq turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: