Firibgarlik uchun qidirilayotgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Jamiyat 20:10 / 13.03.2024 9116

Firibgarlikda ayblanib qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik 35 yoshli Xolmirza Asimovich Haqberdiyev 12 mart kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi.

U O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralarining navbatdagi qo‘shma tadbirida qo‘lga olingan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari «tizimli ravishda davom ettirilmoqda».

Joriy yil yanvarida 2018 va 2022 yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan ikki erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi. Ulardan biri ko‘p miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish, ikkinchisi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblangan.

Ko‘proq yangiliklar: