Zenbook Duo 2024 yilda ultrabuklarning barcha imkoniyatlari samaradorligini ikki baravar yuqoriga chiqarishni taklif qiladi

Jamiyat 17:23 / 11.03.2024 9009

ASUS professional foydalanuvchilar uchun ilg‘or funksiyalarga ega innovatsion Zenbook Duo 2024 nomli yil modelini taqdim etdi. Yangi mahsulot ikkita to‘liq o‘lchamli 14 dyuymli OLED-displeyning mavjudligi bilan ajralib turadi, ular foydalanish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi, SI ilovalari uchun optimallashtirilgan Intel Core Ultra 9 protsessori, noutbukning yuqori unumdorligi uchun mas’uldir va uzoq vaqt xizmat qiladigan 75 Vt quvvatli akkumulyatorga ega.

Ultrabuk, shuningdek, qulay olinadigan klaviatura, interfeyslarning to‘liq to‘plami, shovqinni kamaytiruvchi intellektual tizim va harman/kardon audiotizimi, shuningdek, harbiy ishonchlilik standarti bo‘yicha himoyalangan yupqa korpus bilan jihozlangan.

Zenbook Duo tarixi

Zenbook Duo innovatsion noutbuklari liniyasi 2018 yilda, tachpad o‘rniga ScreenPad ekranli birinchi model taqdim etilganda chiqarila boshlangan. Konsepsiya korpusning butun kengligi bo‘ylab, balandligi qisqartirilgan ScreenPad Plus displeyini olgan. Endi 2024 yil yangiligi hisoblanuvchi ushbu qurilma har biri 14 dyuymli ikkita bir xil OLED ekranlar bilan jihozlangan.

Yechib olinadigan klaviatura va sozlanadigan tag qism ajoyib moslashuvchanlikni ta’minlaydi, bu sizga ekran yanada qulay bo‘lishi va ko‘p vazifalarni bajarish uchun turli ish sharoitlarida ekranlaringizni vertikal yoki gorizontal joylashtirish imkonini beradi. Konseptual jihatdan yangi mahsulot egiluvchan OLED ekranga ega innovatsion Zenbook Fold`ga yaqin, biroq undan ham katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ikkita ekran – ikki barobar ko‘proq imkoniyatlar

Yangi Zenbook Duo ikkita bir xil ilg‘or – ASUS Lumina OLED displeyga ega. Ular kengaytirilgan ranglarning aniqligi, tasvirni aqlli sozlashlari va fotosuratlar va videolarni qayta ishlash jarayonida immersiv media iste’moli tajribasi hamda professional sifatdagi rangli displeyning yaxshilangan imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Ultrabukdagi OLED displeylari LCD displeylarga qaraganda 70% kamroq zararli ko‘k nur chiqaradi. Buning yordamida yangi Zenbook Duo bilan ishlash foydalanuvchining ko‘zlari uchun qulayroq bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilma ekranlari bolalarning ko‘rish qobiliyati uchun xavfsizroq deyish mumkin.

Yangi Duo`dagi har bir sensorli displey 1920x1080 o‘lchamga ega bo‘lib, ulardan foydalanganda yuqori darajadagi tafsilotlarni ta’minlaydi. 120 Gs gacha bo‘lgan tasvirni yangilash tezligi va 0,2 ms qisqa javob vaqti foydalanuvchi uchun qulay o‘yin va ilovalarni muammosiz ochish uchun yangi imkoniyatlarni beradi. Bundan tashqari, ultrabuk ekranlari 500 sd/m2 eng yuqori yorqinligi bilan faxrlanadi, bu ularni hatto ochiq havoda ham ishlatish uchun qulay qiladi.

Hamma uchun qulay

Ikkita katta displey tufayli yangi Zenbook Duo (2024) foydalanuvchiga turli xil yangi sharoitlarda ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Noutbukning standart rejimidan tashqari, klaviatura qo‘shimcha displeyning tepasida joylashganida, yangi mahsulot sensorli ekranlarda bir nechta odamlar bilan hamkorlik qilish uchun ochiq holatda ishlatilishi mumkin.

«Stol kompyuteri» rejimi ham mavjud bo‘lib, unda ikkita ekran vertikal ravishda joylashtiriladi va foydalanuvchi oldida diagonali 50 sm bo‘lgan ekranning birlashtirilgan ish maydoni hosil bo‘ladi. Agar yoningizda ulanadigan klaviatura bo‘lmagan taqdirda, qo‘lda ultrabukni “Virtual klaviaturali noutbuk” rejimida ishlatish mumkin, bunda ikkinchi displeyda yozish tugmachalari va ularning ustidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Egasining mahsuldorligini eng yuqori darajaga ko‘targan holda, ekranlar bir-birining ustiga joylashgan Dual Screens and Keyboard rejimi qo‘shimcha monitorga bo‘lgan ehtiyojni butunlay yo‘q qilishi mumkin. Ya’ni, yangi Zenbook Duo bilan siz foydali ish joyiga ega bo‘lish orqali monitor sotib olish ehtiyojidan xalos bo‘lishingiz mumkin.

Samarali sovutish tizimiga ega kuchli apparat

Zenbook Duo 2024 LPDDR5x formatdagi 32 GB operativ xotiraga ega Intel Core Ultra 9 protsessori va 2 TB gacha sig‘imga ega yuqori tezlikdagi PCIe 4.0 SSD bilan jihozlangan. Ultrabuk protsessori SI ilovalari uchun optimallashtirilgan bo‘lib, 16 yadro va 35 vattgacha issiqlik quvvatiga ega. Shuningdek, u SI tezlatkichidan foydalanadi, bu qurilma akkumulyatorining ishlash muddatini bir yarim barobargacha oshiradi.

Protsessordan yuqori kuchni talab qiladigan vazifalarda qulay ishlash uchun yangi Zenbook Duo o‘rnatilgan samarali ASUS IceCool sovutish tizimi mavjud. U asosiy plata va OLED paneli o‘rtasida qo‘shimcha issiqlik tarqatuvchi va tizimning issiqlik quvvatini 35 Vt ga oshiradigan issiqlik ajratgichini o‘z ichiga oladi.

Yupqa korpus

Yangi ASUS Zenbook Duo o‘zining bo‘lajak egalarini qalinligi atigi 19,9 mm va og‘irligi 1,65 kg bo‘lgan ixcham korpus bilan mamnun qiladi va qulay ish sharoitini taklif qiladi.

ASUS Zenbook Duo (2024) ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori: nout.uz`dan xarid qilish mumkin.

O‘ynang, o‘rganing, sovrinlarni yutib oling! 

Yangi ASUS Zenbook Duo 2024 sotuvi MDH mamlakatlarida boshlanishi munosabati bilan «ASUS sarguzashtlari» interaktiv o‘yinida sovringa noutbuk qo‘yilgan yutuqli o‘yinni boshlayapmiz. Ishtirokchilar turli to‘siqlarni yengib o‘tib, o‘z mahoratini rivojlantiradigan qaxramonni boshqarishlari kerak bo‘ladi. Har bir darajadagi o‘yin elementlari flagman yangi qurilmasining turli funksiyalari va xususiyatlarini aks ettiradi.

2024 yil 11 martdan 15 aprelga qadar bo‘lgan davrda har bir bosqichda g‘oliblar Microsoft 365 faollashtirish kodlarini olishadi, yakuniy o‘yinda esa ishtirokchilarni bosh sovrin – Zenbook Duo 2024 noutbuki kutmoqda. Bosqichlar natijalari ASUS CIS ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

«ASUS sarguzashtlari» — o‘yin, ta’lim va ko‘ngilochar elementlarni birlashtirib, ASUS Zenbook noutbuklarida mujassam bo‘lgan so‘nggi texnologiyalarni kashf etishning qiziqarli usuli.

Reklama huquqlari asosida.

Ko‘proq yangiliklar: