Toshkent shahrida tarovih namozi o‘qiladigan masjidlar yaqinida harakat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida ba’zi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.
10 martdan boshlab, har kuni soat 19.00 dan 00.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Jumladan,
Mirzo Ulug‘bek tumanida:
- Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.
Bektemir tumanida:
- Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Husayin Boyqaro ko‘chasiga qadar.
Yashnobod tumanida:
- Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar;
- Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar;
Mirobod tumanida:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar;
- Qo‘yliq ota masjidi TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar;
Sergeli tumanida:
- Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Choshtepa 1-tor ko‘chasiga qadar;
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha;
Yakkasaroy tumanida:
- Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha;
- Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha;
- Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar;
Yangihayot tumanida:
- Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar;
Shayxontohur tumanida:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha;
- Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha;
Olmazor tumanida:
- Hasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha;
- Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha;
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha;
Yunusobod tumanida:
- Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar;
- Uchtepa tumanida Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qa’ni) masjidi Katta Qa’ni aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha;
- Hazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha;
Chilonzor tumanida:
- Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha;
- Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha;
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda tarovih namozi o‘qiladigan vaqtlar ma’lum qilingan edi.