Isroil Madrimov - super yarim o‘rta vaznda jahon chempioni

Sport 02:24 / 09.03.2024 32477

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahridagi «Kingdom Arena» majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. 

Janglardan birida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) super yarim o‘rta vaznda WBA kamari uchun rossiyalik chempion Magomed Qurbonovga (25-1-0, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va shu vaqtgacha yengilmagan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. 

12 raundga mo‘ljallangan jangning 5-raundida xorazmlik bokschining ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi bahsni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa, Madrimov faoliyatidagi 10-jangida 9-g‘alabasini va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik jangchi g‘alabadan so‘ng o‘smirlar o‘rtasida o‘rta vazn toifasida boshqa kuchli bokschilar va jahon chempionlari bilan boks o‘tkazishga tayyorligini aytdi.

«Bu ajoyib tuyg‘u, men bu lahzani anchadan beri kutgandim. Men bu unvonni xohlardim, hozir men shu yerdaman, bu kamar meniki va men O‘zbekistonga ketyapman. Bu mening birinchi titulim, lekin menga to‘rtta kamar kerak», dedi u.

Matchroom Boxing promouteri Eddi Hirn Isroil Madrimovni (10−0−1, 7 KO) IBF, WBA va IBO versiyalari bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘lgan qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin (42−2−1, 37 KO) bilan solishtirdi.

«Bu yigit haqiqiy yirtqich! U yangi Gennadiy Golovkin. U Qurbonovdan osongina o‘tib ketdi. Uning ismini eslab qoling: o‘zbekistonlik kuchli sportchi Isroil Madrimov 154 funt vazn toifasida barcha kamarlar uchun kurash olib boradi!» — dedi Hirn.

Ko‘proq yangiliklar: