O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma loyihalar bo‘yicha muammolarni birga hal etish mexanizmini ishlab chiqdi

Iqtisodiyot 15:38 / 05.03.2024 13029

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev o‘rtasida onlayn-formatda muzokaralar o‘tkazdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokidagi muzokaralar doirasida oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish ishlari batafsil ko‘rib chiqildi, jumladan, investitsiya va savdo shartnomalari ijrosi hamda ikki tomonlama kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish mexanizmlari ishlab chiqildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni jadal amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarga tezkorlik bilan munosabat bildirish maqsadida vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi, amalga oshirish muddatlari belgilandi, shu kabi ishchi uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyoti kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: