Isroil Madrimovning Ar-Riyoddagi chempionlik jangi o‘tkaziladigan bo‘ldi

Sport 17:13 / 05.03.2024 17768

Ushbu haftaning juma oqshomida Ar-Riyod shahrida katta professional boks oqshomi doirasida Isroil Madrimovning rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi WBA kamari uchun jangi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga o‘zbekistonlik bokschining tibbiy ko‘rik natijalari salbiy chiqqani, BBBofC (British Boxing Board of Control) tomonidan tekshirilgan tibbiy nazorat natijalariga ko‘ra, jang o‘tkazilmasligi aytilgandi.

Tribuna.uz manbalariga ko‘ra, ushbu jang o‘tkaziladigan bo‘ldi. Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi WBA kamari uchun chempionlik jangini o‘tkazish uchun murabbiylari bilan birga Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan. 

Ma’lumot uchun, 8 mart kungi Saudiya Arabistonidagi boks oqshomining asosiy jangi Entoni Joshua va Frensis Ngannu o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: