Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi
Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.
3 mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er-xotin is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Yakshanba kuni soat 06:30 larda tumanning Yangi bo‘ston ko‘chasidagi uyda yashovchi 68 yoshli erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlangan.
Yangiyo‘l shahar tumanlararo sud tibbiy ekspertiza bo‘limining 3 martdagi birlamchi ma’lumotnomasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish, miya va o‘pka shishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. Buning isboti tariqasida ichki a’zolarning alvon-qizg‘ish rangdaligi ma’lum qilingan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:50 / 02.03.2025
Qozog‘istonda is gazidan vafot etganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik - FVV

17:19 / 02.03.2025
Qozog‘istonda bir oilada yetti nafar o‘zbekistonlik is gazidan vafot etdi

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025