O‘zbekiston yanvarda meva-sabzavot mahsulotlarini asosan Rossiya va Pokistonga eksport qildi

Iqtisodiyot 12:50 / 04.03.2024 4078

2024 yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 75,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 martaga yoki 78,8 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (27,2 foiz), Pokiston (21,2 foiz), Xitoy (13,4 foiz) hamda Qozog‘iston (9,2 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024 yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 6,8 foizini tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: