O‘zbekiston ipak mahsulotlarini asosan Eron va Xitoyga sotyapti

Iqtisodiyot 16:30 / 04.03.2024 13131

O‘zbekiston 2024 yilning yanvar oyida xorijga qiymati 2,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan ipak va ipak mahsulotlari eksport qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar oyida eng ko‘p ipak va ipak mahsulotlari eksport qilgan davlatlar orasida Eron birinchi o‘rinni egalladi  – 1,1 mln.

Undan keyingi o‘rinlardan ipak va ipak mahsulotlari 956 ming va 136 ming dollar miqdorida eksport qilingan Xitoy hamda Koreya joy oldi.

Shuningdek, Turkiyaga 41 ming dollarlik ipak va ipak mahsulotlari sotilgan bo‘lsa, boshqa davlatlar hissasiga 11 ming dollarlik mahsulot to‘g‘ri keldi.

Ko‘proq yangiliklar: