2024 yilda davlat budjeti xarajatining 50 foizdan ortig‘i ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi

Iqtisodiyot 15:10 / 04.03.2024 11916

«Dunyo» xabariga ko‘ra, o‘tgan davrda O‘zbekistonda ijtimoiy sohada samarali tashkiliy-huquqiy baza yaratilib, aholini manzilli qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq e’tibor qaratildi. Bu boradagi amaldagi qonunchilik 1,6 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.

Materialda ta’kidlanganidek, odil ijtimoiy siyosatni amalga oshirish va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilinishi o‘zgarishlar mantiqiy davomi bo‘ldi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida birgina so‘nggi uch yilda nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalar soni 4 barobarga oshib, 1,9 million nafarga yetdi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar qamrovi kengaytirildi. Nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan bolalarning yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi. Uning hajmi o‘rtacha 1,5 barobarga oshdi, to‘lov muddati esa 6 oydan 12 oyga uzaytirildi. Eng kam ishsizlik nafaqasi 3,2 baravar oshirildi.

«O‘zbekiston 2030» strategiyasi asosiy ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, fuqarolarning yuqori turmush sifatini ta’minlash va jamiyat barqaror rivojlanishini ta’minlashni nazarda tutuvchi yana bir muhim hujjatdir. Strategiya BMTning 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibiga mos keladi hamda O‘zbekiston barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy maqsad va vazifalarini qamrab oladi», — deb yozgan «Infozakon».

Ko‘proq yangiliklar: