Singapur menejmentni rivojlantirish institutida HBS akademiyasi kurslari tashkil etiladi

Jamiyat 16:24 / 01.03.2024 9435

29 fevral kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida moliya dunyosi, undagi fond va kripto bozori kabi yo‘nalishlarni o‘zida qamrab olgan, 4 yildan buyon aksiya va kripto bozorida faoliyat yuritib kelayotgan HBS akademiyasining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kompaniyaning oldiga qo‘ygan maqsadlari, O‘zbekistondagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi hamda tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

HBS kompaniyasi Dubayda tashkil topgan bo‘lib hozirgi kunda Toshkentda ham o‘z filiallari mavjud. Shuningdek, yurtimizda Cyber Park, UIC, Najot ta’lim, C-Space va El Makon, xorijda - ByBit, 7luxury car rental, F&C real estate hamda Al Najm Electronics kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Uchrashuvda Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ham HBS akademiyasi kurslarini tashkil etish hamda keng hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

TSMRI da tashkil etiladigan kurslarga yozilish uchun: +998914818888

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: