2023 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2023 yilda onlayn-auksionlar orqali 87 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi.

Foto: Kun.uz
Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 396,1 milliard so‘mni tashkil etgan.
Spot ma’lumotiga ko‘ra, eng qimmat “chiroyli” avtoraqam yuridik shaxsga 450 million so‘mga sotilgan.
Undan keyingi ikkinchi o‘rinda yuridik shaxs tomonidan xarid qilingan 439,56 million so‘mlik avtoraqami turibdi. Eng qimmat beshlikka jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan 399,6 million so‘m, 395 million so‘m hamda 378,18 million so‘mlik avtomobil raqamlari kirdi.
Mavzuga oid

13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:29 / 04.02.2025