Yerni ijaraga olganlar ekin turlarini mustaqil ravishda tanlaydi – yangi tizim
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

Foto: Getty images
«Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.
Yangi tizim doirasida:
- yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda «E-auksion»da savdolarga chiqariladi;
- elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.
Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g‘olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi, jumladan:
- yer uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;
- yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;
- dala chetida 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obektlarni joylashtirish.
Mavzuga oid

16:15 / 19.02.2025
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:32 / 04.02.2025