Toshkentning uch tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat 08:24 / 28.02.2024 10708

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsad qilingan.

Jumladan:

  • Mirobod tumani: “Fayzobod” va “Oq uy” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: “Qoryog‘di” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Ahil”, “Gulzor”, “Moyariq”, “Ibrohim ota” hamda “Miskin” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: