Qozog‘iston o‘zbek tashuvchilari uchun tranzitni soddalashtirishni rejalashtiryapti

Iqtisodiyot 12:32 / 28.02.2024 15780

«Dunyo» xabariga ko‘ra, nashrda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu O‘zbekiston delegatsiyasi bilan mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha olib borilgan muzokaralar yakunlari haqida fikrlari qalamga olingan.

«Hududlararo hamkorlik forumlarini o‘tkazish muhimligini alohida ta’kidladik. Biz Markaziy Osiyo mintaqasi aholisi uchun dolzarb masala – suv-energetika kompleksi yuzasidan fikr almashdik va uni hal qilish yo‘llariga e’tibor qaratdik», – deya Murat Nurtleu fikrlaridan iqtibos keltirgan agentlik. Ta’kidlanishicha, uchrashuvda boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning borishi ham muhokama qilingan.

«Ushbu tashabbuslar tashqi siyosat idoralari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga kelishib oldik. Ikki davlatning tranzit salohiyatini oshiradigan yangi temiryo‘llarni qurish loyihalariga e’tibor qaratildi. O‘z navbatida, biz O‘zbekiston tashuvchilari uchun chegara orqali tranzitni soddalashtirish bo‘yicha fundamental ishlarni davom ettirishimizga ishontirdim. Bularning barchasi xalqlarimizning tub manfaatlariga javob beradi, deb o‘ylayman», – deya qo‘shimcha qildi vazir deb yozgan Kazinform.

Ko‘proq yangiliklar: