Pul jo‘natmalari tizimi ham jo‘natuvchi, ham oluvchining manfaatlarini inobatga olishi lozim. Masalan, pul jo‘natish yoki olish uchun qulay (uy yoki ish yonida joylashgani) ekanligi yetarli emas – boshqa sharoitlarni ham hisobga olish zarur.
Past komissiya
Pul jo‘natmalari tizimini tanlashdagi hal qiluvchi axborot – komissiya miqdori. Ko‘pincha u summaga bog‘liq: qancha ko‘p pul jo‘natsangiz, shuncha kam to‘laysiz. Komissiyasiz jo‘natmalar ham mavjud. Masalan, agar dollar jo‘natadigan bo‘lsangiz, O‘zbekistondan Rossiyaga “Zolotaya Korona” orqali pul jo‘natishni bank bepul amalga oshiradi. Rossiyadan O‘zbekistonga ham shunday.
Pul jo‘natmalari tizimining ommaviyligi
Agar bir-ikkitagina bank bilan ishlaydigan unchalik ommaviy bo‘lmagan pul jo‘natmalari tizimi tanlansa, pul olishda “yugurish”ga to‘g‘ri keladi. Kerakli bank jo‘natma oluvchining uyi yoki ofisidan ancha uzoqda bo‘lishi, binobarin, u ishdan javob so‘rashi, yo‘lga vaqt va kuch sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Yaqinda joylashgan banklar qanday tizimlar bilan ishlashini o‘rganing. Shunda siz ularning qay biri ko‘proq ommaviylashganligini tushunasiz. Ko‘zga tashlanmaydigan afzallik: agar yaqiningizdagi bankda navbat uzun bo‘lsa, osongina boshqasiga bora qolasiz.
“Zolotaya Korona” orqali jo‘natmalarni butun respublika bo‘ylab bank bo‘limlarida olish mumkin. Hozirda 2000 atrofida shoxobchalar jo‘natmalar berish bilan shug‘ullanmoqda.
Pulni onlayn olish imkoniyati
Pul jo‘natmalarining mobil ilovalari bankka borishga vaqt sarflamaslikka yordam beradi. Ular orqali mablag‘larning tushgani haqida xabarnoma olishingiz va istalgan paytda kartaga o‘tkazishingiz mumkin. Qoidaga ko‘ra, buning uchun oluvchi qo‘shimcha komissiya to‘lamaydi.
“Korona (6+)” ilovasi Uzcard va Humo so‘m kartalari, valutadagi (chet el valutasida jo‘natma olish kerak bo‘lganda) Visa, Mastercard (jumladan Maestro), UnionPay kartalari bilan ishlaydi. Pul jo‘natishni ham ilova orqali amalga oshirish mumkin.
Ikkita sim-kartasi borlar uchun muhim jihat:
1. Jo‘natmani rasmiylashtirishda jo‘natuvchi oluvchining telefon raqamini ko‘rsatishi lozim;
2. Oluvchi “Korona (6+)” mobil ilovasida ko‘rsatilgan raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Shunda u o‘z nomiga kelgan pulni ko‘ra oladi.
Pul jo‘natmasi tezligi
Agar pul juda tez zarur bo‘lsa, albatta mablag‘ kelib tushishi muddati bilan qiziqing. U bir necha sekunddan bir necha soatgacha farq qiladi. Ayrim tizimlarda maxsus tariflar mavjud: komissiya pastroq, lekin pul bir necha soat kechikib tushadi. Bu variant pulni olish masalasi u darajada “yonmayotgan”da manfaatlidir.
“Zolotaya Korona” orqali pullar odatda bir necha daqiqadan boshlangan muddatda keladi. Istisnoli holatlarda jo‘natma 2 ish kunigacha yo‘l bosishi mumkin.
Jo‘natma qabul qilish geografiyasi
Pul olinishi joyiga qarab barcha pul jo‘natmalari 3 ta guruhga bo‘linadi:
* Mo‘ljallangan shoxobchani ko‘rsatish talab etiladi.
Bu eng noqulay variant, chunki pul muayyan bankka kelib tushadi. Bu holatda, noqulay bo‘lsa ham, ko‘rsatilgan filial yoki mini-bankka borishga to‘g‘ri keladi;
* Mo‘ljallangan shaharni ko‘rsatish talab etiladi.
Bu qulay variant: muayyan manzilga bog‘lanib qolmaysiz, balki ushbu pul jo‘natmalari tizimi bilan ishlovchi shahardagi istalgan bankka bora olasiz;
* Faqat mo‘ljallangan mamlakatni ko‘rsatish talab etiladi.
Bu eng qulay variant, chunki adresat pulni mamlakatdagi istalgan shaharda olishi mumkin. Bu holatda hatto xizmat safari yoki boshqa shaharga shaxsiy safar ham muammo bo‘lmaydi. “Zolotaya Korona” orqali jo‘natmalar manzilsiz, ularni mamlakatning istalgan shahrida olish mumkin.
“Korona (6+)” ilovasi orqali pul jo‘natmalarini yuboring va qabul qilib oling. Bu tez, qulay va bankka borishni talab qilmaydi. Ilovani Android va IOS'ga yuklab olish mumkin.
Ma’lumot uchun:
“Platejniy Tsentr” RNKO pul jo‘natmalari operatori, manzil: Rossiya, Novosibirsk sh., Kirov ko‘ch., 86, OGRN: 1025400002968, Rossiya banki litsenziyasi №3166-K, sanasi: 14.04.2014 y. Xizmat haqida batafsil: rnko.ru. “Korona (6+)” ilovasi. App Store – "Apple Inc" tovar belgisi, Google Play – “Google LLC” tovar belgisi. Jo‘natmalarni o‘tkazish muayyan O‘zbekiston banklari chiqargan Uzcard, Humo, UnionPay, Visa, Mastercard (jumladan Maestro) kartalariga mumkin.
Reklama