Toshkentda «Orlando» avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 09:41 / 26.02.2024 14487

Joriy yilning 26 fevral kuni taxminan soat 08:15 larda Uchtepa tumani KHAY ko‘chasi 16-uy qarshisida harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tug‘ilgan  M.O. boshqaruvidagi «Orlando» rusumli avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, avtomobilning motor qismida elektr simlari qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazish hamda belgilangan qoidalarga rioya qilish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: