Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning Turkiston va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatlarida quriladigan "Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi majmuasi qariyb 100 gektar maydonni egallaydi. Loyihaga ko‘ra, u yerda yopiq majmua bunyod etiladi, ishlab chiqarish va ulgurji savdo uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2030 yil majmuaning to‘liq ishga tushirilishi va tijorat maqsadlarida foydalanish davri sifatida belgilangan.
"Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi Turkiston va Sirdaryo viloyatlari yalpi ichki mahsulotini ko‘paytirish bilan birga, chegaradosh viloyatlarni yirik logistika markaziga aylantirishga xizmat qiladi", — deb yozgan "Kazinform" agentligi.