Soliq kodeksiga kiritiladigan qo‘shimchaga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar foyda solig‘i solishda hisobga olinmaydigan daromadlar hisoblanadi.
“Yashil energiya” sertifikati – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat.
Quvvati 300 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.