Italiya O‘zbekiston bilan energetika loyihalarida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston 13:17 / 24.02.2024 2691

«Dunyo» xabariga ko‘ra, ENEL mutaxassislariga O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi «yashil» energetikaga o‘tish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish borasidagi yutuqlari hamda mamlakatimiz oldida turgan elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Italiya tomoni, xususan ENEL’ning ixtisoslashgan Gridspertise shu’ba korxonasi rahbari Robert Denda ushbu jarayonlarda raqamlashtirish uskunalarini o‘rnatish va tegishli boshqaruv texnologiyalarini qo‘llash juda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida Italiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi energetika loyihalarida faol qatnashishi uchun amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: