Investorlar uchun barcha imtiyozlar ro‘yxati yagona reyestrda shakllantiriladi

O‘zbekiston 14:21 / 24.02.2024 2614

Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil 1 iyuldan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi saytida  mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning turlari, muddatlari, tartibi va mas’ul organlarni o‘z ichiga olgan Yagona reyestr yuritiladi.

Hujjat qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2024 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: