Markaziy bank yanvar oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 13,5 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 16,5 foiz va Farg‘ona viloyatida – 15,2 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpog‘iston – 10,3 foiz va Andijon viloyatida – 11,3 foiz sezilgan.
Dekabr va yanvar oylarida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar:
O‘tgan oylar davomida qurilish mollari narxlari oshganini sezganlar ulushi 20 foizga, maishiy texnika narxlari oshganini ko‘rsatganlar ulushi 14 foizga yetgan.
Daromadlari 7 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan aholining sezilgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllangan. Xususan, 15 mln so‘mdan ko‘p daromad egalari sezgan inflatsiya 17,2 foizni tashkil qilgan.
Avvalroq, yanvarda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 8,6 foizga yetgani xabar qilingandi. So‘nggi marta bunday past inflatsiya ko‘rsatkichi 2016 yil avgust oyida qayd etilgan.